23 iyu 17:10
Yangiliklar
Tennis
Berankis "CHellenjer" turkumidagi 15-sovriniga ega chiqdi
Franciyaning Blua shahrida tennis bo'yicha "CHellenjer" turkumiga kiruvchi turnir yakunlandi.
Musobaqa bosh sovrini ATP reytingida 336-pog'onada borayotgan Richardas Berankisga nasib etdi. Litvalik tajribali tennischi final uchrashuvida reytingning 215-pog'onasidan joy olgan franciyalik Kalvin Emeridan ustun keldi - 7/6(4), 7/5.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Richardas oldinda bormoqda - 2:0. Sakson besh daqiqa davom etgan bahsda Berankis 11, Emeri 15 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Berankis faoliyatidagi "CHellenjer" turkumiga kiruvchi 15-sovrinini qo'lga kiritdi. U 50 reyting ochkosi va 5,080 dollar mukofot puliga ham ega bo'ldi. Richardas reytingda Top-300`ga ham qaytadi. Emeri esa 25 ochko va 3,050 dollar ishlab oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar