16 iyu 08:11
Yangiliklar
Tennis
Bertens o'z vatanidagi turnirning finalida o'ynaydi
Bugun Gollandiyaning Xertogenbos shahrida o'tkazilayotgan WTA turniri yakunlanadi.
Musobaqaning yarim final uchrashuvida gollandiyalik 27 yoshli Kiki Bertens qozog'istonlik vakilasi 19 yoshli Elena Ribakinaga qarshi kortga chiqdi. Ushbu bahsda dunyoning to'rtinchi raketkasi o'zidan 8 yoshga kichik raqibasini mag'lub etdi - 6/4, 6/4.
Uchrashuv 1 soatu 23 daqiqa davom etgan. Bu ikki tennischining o'zaro ilk to'qnashuvi edi. Endi Bertens Libema Open turnirining hal qiluvchi final uchrashuvida amerikalik Elison Riskega qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar