29 iyu 09:56
Yangiliklar
Tennis
Bertens Palermo turniri finalida 82-raketkaga yutqazib qo'ydi
Italiyaning Palermo shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha nufuzli WTA turniri kutilmagan natija bilan yakunlandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida sayyoramizning beshinchi raqamli tennischisi Kiki Bertens reytingning 82-pog'onasidan joy olib turgan shveycariyalik Jil Belen Taykmannga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 52 daqiqa davom etgan final bahsida 27 yoshli Kiki kutilmaganda 22 yoshli raqibasiga 6/7(3), 2/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Palermo Ladies Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Taykmannga 280 reyting ochkosi hamda 34 677 evro mukofot puli keltirdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar