13 noy 16:23
Yangiliklar
Besh nafar sambochimiz JCH finaliga chiqdi
Hozircha kunduzgi dastur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi. Quvonarlisi, bugun bo'lib o'tayotgan 7 ta vazn bahslarining 5 tasida o'zbekistonlik sambochilar finalga yo'l olishdi. Ularning barchasi finalda JCH favoritlari hisoblangan Rossiya terma jamoasi azolariga qarshi gilamga chiqadilar.
Kechki dasturda hamyurtlarimiz ishtirokida quyidagi bahslar tashkil etiladi:
Finallar
Sambo:
-71 kg: Sarbon Ernazarov - Nikita Kleckov (Rossiya)
-79 kg: Ulug'bek Rahmonov - Uali Kurziev (Rossiya)
-88 kg: Ixtiyor Eshmurodov - Sergey Ryabov (Rossiya)
Jangovar sambo:
-58 kg: Bahodir Bakiev - Aleksandr Nesterov (Rossiya)
-64 kg: Oybek Soliev - SHeyx-Mansur Xabibullaev (Rossiya).
Final bellashuvlari soat 18:00dan so'ng boshlanadi. Muxlislarimizni "Yunusobod" sport majmuasiga chorlab qolamiz. Arenaga keling va yurtdoshlarimizni qo'llab-quvvatlang!
O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar