So’nggi yangiliklar

20:51Самбочиларимиз 16 та медаль билан 101 давлат орасида 3-ўринни эгаллашди 0 16:20Самбочиларимиз жаҳон чемпионатида яна 4 та медал қўлга киритди 0 15:49Жалгасбай Бердимуратов PFL Моscоw турнирида эронлик рақибига қарши жанг қилди 0 15:18Ўзбекистон Кубоги. Ярим финалларнинг бошланиш вақтлари маълум 0 14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:21Ёшлар Олимпиадасида бугун 5 нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0

22 mar 13:57
Yangiliklar

SHaxmat

Besh nafar shaxmatchimiz yuz foizlik natija qayd etmoqda

Poytaxtimizda o'zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag'ishlab o'tkazib kelinayotgan xalqaro turnirda 2-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

Bu yil o'z tarixida 18-marotaba tashkil etilayotgan, mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir shveycarcha tizimda 10 turdan iborat bo'ladi. Ishtirokchilar ikki guruhda sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borishyapti. Asosiy hisoblangan A guruhida 1800 va undan yuqori reytingli shaxmatchilar jam bo'lgan. V guruhida esa reytingi 1999 va undan past bo'lgan ishtirokchilar dona surmoqda. 

Kuchlilar jam bo'lgan A guruhida hindistonlik xalqaro grossmeyster Nihal Sarin (2687) birinchi raqam ostida saralangan. U 1-turda hamyurtimiz Behruz Umarov (2218)dan ustun kelgandi. Ikkinchi turda esa ochko yo'qotdi. Sarin mo'g'ulistonlik Sumiya CHinguun bilan durang o'ynadi. Ikkinchi raqamli shaxmatchi sifatida tasniflangan yosh grossmeysterimiz SHamsiddin Vohidov (2670) kutilmagan natijalari ikkinchi turda ham davom etdi. U oq donalarda o'ynashiga qaramay, reytingda o'zidan ancha quyida borayotgan rossiyalik Mixail Panin (2189)ni mag'lub eta olmadi. 

Grossmeysterimiz Muhiddin Madaminov (2550) rossiyalik Semen Novojilov (2344) bilan murosaga keldi. Ikkinchi turdan keyin 5 nafar shaxmatchimiz yuz foizlik natija bilan peshqadamlar safida borishyapti. Almas Rahmatullaev, Abdumalik Abdusalimov, Sayidakbar Saydaliev, Humoyun Begmuratov va Muhammadzohid Suyarov har ikki turda ham raqiblarini mag'lubiyatga uchratishdi. 

Grossmeysterlarimizdan biri Ortiq Nig'matov (2501) kutilmaganda rossiyalik Dmitriy Rostovcev (2292)ga yutqazib qo'ydi. Uchinchi tur oldidan vengriyalik grossmeyster Sanan Syugirov (2631) qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadamlik qilyapti. Jami 21 nafar shaxmatchi hali ochko yo'qotmagan. Bugun 3-tur uchrashuvlari soat 15:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing