27 iyu 08:11
Yangiliklar
“Besh tashabbus olimpiadasi”: Jizzaxda shashka bo'yicha g'oliblar aniqlandi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda respublikamiz bo'ylab Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida yoshlarni sportga bo'lgan qiziqishini oshirish, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida bir qator sport turlari bo'yicha ommaviy musobaqalar o'tkazib kelinmoqda.
Jizzax viloyati Yoshlar markazida o'tkazilgan musobaqada 3 yosh toifasi bo'yicha (16-21, 22-26, 27-30) jami 198 nafar ishtirokchi Respublika bosqichi g'olibligi uchun kurashdi. Musobaqa davomida sportchilar topqirliklari, zehni, aql-idroklarini yana bir bor sinovdan o'tkazishdi. Bahslar qizg'in va murosasiz o'tdi.
Musobaqa so'ngida g'oliblikni qo'lga kiritgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Fikrlar