So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

05 iyu 11:57
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston Kubogi. Ikkinchi kun 8 ta vaznda g'olib va sovrindorlar aniqlandi + FOTOGALEREYA

Jizzax shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston kubogining ikkinchi kungi bellashuvlari ham murosasiz kurashlar ostida o'tdi.

Musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan jami 518 nafar (379 erkak, 139 ayol) dzyudochi 14 ta (7 ta erkaklar, 7 ta ayollar) vazn toifasida g'oliblik yo'lida tatamiga chiqdi.

Ikkinchi kun erkaklar o'rtasida -81, -90, -100, +100 kg, ayollarda esa -63, -70, -78, +78 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlandi. O'z vazn toifalarida Mashrabjon G'aybullaev, Azamat Ablakulov, Og'abek G'aniev, Asadbek SHixnazarov singari dzyudochilar O'zbekiston kubogi sohibi bo'lishdi. 

Ikki kunlik bellashuvlar yakuniga ko'ra, Toshkent viloyati jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Samarqand viloyati terma jamoasi ham 3 ta oltin medalga ega chiqdi, ammo ular kumush va bronza (1 ta kumush, 1 ta bronza) medallar nisbatiga ko'ra ikkinchi o'rindan joy olishdi. Kuchli uchlikka 2 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan xorazmlik dzyudochilar yakun yasashdi.

Quvonarlisi, O'zbekiston Kubogining hududiy 14 ishtirokchisidan 13 tasi kamida bitta bronza medalini qo'lga kiritdi. Sakkiz viloyat jamoalari safida kamida bir nafardan chempion bo'ldi.


Ikkinchi kun g'olib va sovrindorlari:

-81 kg vazn toifasi 

1. Mashrabjon G'aybullaev (Toshkent shahri)

2. Muhammad Mamadaliev (Toshkent shahri)

3. Asadbek Norbo'taev (Toshkent viloyati)

3. Sadulla Ravshanov (Qashqadaryo)

 

-90 kg vazn toifasi 

1. Azamat Ablakulov (Samarqand)

2. SHohjahon Ahmadjonov (Jizzax)

3. Sultonbek Abdushukurov (Qoraqalpog'iston)

3. Abbos SHermaxmatov (Qashqadaryo)


-100 kg vazn toifasi

1. Og'abek G'aniev (Buxoro)

2. SHaxzod Orziqulov (Navoiy)

3. Sardorbek Erkinov (Toshkent viloyati)

3. Muhammadsodiq Sodiqov (Xorazm)


+100 kg vazn toifasi

1. Asadbek SHixnazarov (Xorazm)

2. Vladislav Buligin (Toshkent viloyati)

3. Nomon Rajabov (Buxoro)

3. SHohruz SHomuratov (Toshkent shahri)


AYOLLAR

-63 kg vazn toifasi 

1. Gulsanam Hazratova (Qashqadaryo)

2. Sevinch Isoqova (Jizzax)

3. Gavhar Ahmedova (Buxoro)

3. Zuhrajon Umarova (Xorazm)


-70 kg vazn toifasi 

1. Sarvinoz Husanova (Samarqand)

2. Sevinch To'raqulova (Toshkent shahri)

3. Azada Medetova (Qoraqalpog'iston)

3. Aziza Omirbaeva (Qoraqalpog'iston)


-78 kg vazn toifasi 

1. SHinar Ibraeva (Toshkent viloyati)

2. Nafisa Asamatdinova (Toshkent shahri)

3. Elnora Salimova (Samarqand) 

3. Muxlisa Turdieva (Qashqadaryo)


+78 kg vazn toifasi 

1. Durdona Nizomaddinova (Xorazm)

2. Feruza Xorozova (Samarqand)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing