22 avg 15:17
Yangiliklar
Formula-1
Breaking! Jizzaxda Formula-1 trassasi barpo etilishi mumkin!
"OZZY.F-1" malumotlariga ko'ra, Jizzaxda Formula-1 darajasidagi trassa qurish va O'zbekiston Gran-prisini o'tkazish masalasi ko'rib chiqilmoqda.
Lekin hozircha bu borada rasmiy xabarlar yo'q.
Agar bu malumot tasdig'ini topsa, bu nafaqat O'zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo uchun juda katta loyiha bo'ladi.
Tasavvur qiling: kunlarning birida Formula-1 taqvimida O'zbekiston Gran-prisi paydo bo'ladi, paddok esa Jizzaxga etib keladi. Bu infratuzilma mintaqa uchun turizm, investiciya va albatta butun jahon avtosporti etibori jihatidan oldinga tashlangan qadam bo'lardi.
Eslatib o'tamiz, 2025 yil 9 dekabr kuni prezident SHavkat Mirziyoev Xalqaro avtomobil federaciyasi (FIA) prezidenti Muhammad bin Sulayimni qabul qilib, Formula-1 bosqichlarini o'tkazish masalalariga alohida etibor qaratgan edi.
Havola :
Manba : t.me/uzeksport
Fikrlar