06 dek 11:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Beterbiev Bivol bilan revansh jangiga tayyorgarlik qanday ketayotganini aytdi
Yarimog'ir vaznda mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiev 22 fevral kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida sobiq jahon chempioni Dmitriy Bivol bilan revansh jangini o'tkazadi.
"Ko'p vaqt qolmagan bo'lsa-da, revansh jangiga tayyorgarlik ko'rishim uchun bu etarli deb o'ylayman. Ikki oydan beri mashg'ulot o'tkazyapman. Tayyorgarlik jarayonida oxirgi jangdagi xatolarni tahlil qilib, keyingi jangga taktika tayyorlaymiz.
Bularning barchasi men uchun juda qiziq, chunki hali professional faoliyatimda revansh bo'lmagan. Bu men uchun yangilik, shu bois hammasi qanday bo'lishini ko'ramiz", dedi Beterbiev.
Eslatib o'tamiz, Artur va Dmitriyning anderkardida yurtdoshimiz Isroil Madrimov amerikalik Verjil Ortis bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar