16 iyu 08:31
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				Beterbiev Bivolning so'zlariga munosabat bildirdi
Yarimog'ir vaznda WBC va IBF kamarlari sohibi Artur Beterbiev xuddi shu vaznda WBA Super chempioni Dmitriy Bivolning so'zlariga javob qaytardi. 
			Avvalroq, Bivol Beterbiev va Smitning tabiatan kuchli zarbalarga ega bokschilar ekanligini, Saul "Kanelo" Alvares esa tayming va aniqlik evaziga o'z zarbalarini rivojlantirganini takidlagan edi.
"U mening kuchim haqida o'ylashi mumkin emas, chunki u professionallarga hech qachon zarba yo'llamagan. Ha, u o'zi jang qilgan Jo Smit va Saul Alvaresning zarbalarini solishtirishi mumkin. Lekin menga kelsak, bu noto'g'ri deb o'ylayman. U zarbalarimni solishtirib ko'ra olmaydi", - dedi Beterbiev BeatsBoxingMayhem YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Avvalroq, Beterbievning navbatdagi jangi qachon o'tkazilishi haqida xabar bergan edik.
            Havola            :         
                    Manba                : championat.com
             
			
Fikrlar