19 okt 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Beterbiev g'alabadan so'ng nimalar dedi?
Yarim og'ir vazn toifasida WBC va IBF kamarlari sohibi Artur Beterbiev sobiq chempion Aleksandr Gvozdikka qarshi jangidan so'ng fikr bildirdi.
«Bu faoliyatimdagi eng muhim jang edi. Bu erga kelish uchun uzun yo'lni bosib o'tdim. Bu mening hayot - mamot jangim edi. Jangni shunday natija bilan yakunlanganidan hursandman. Endi kimga qarshi jang qilishimni farqi yo'q. Men istalgan bokschiga qarshi ringga ko'tarilishga tayyoraman»,-dedi Beterbiev.
Eslatib o'tamiz, Beterbiev Gvozdikni o'ninchi raund yakunlanishga o'n soniya qolganida nokaut qilishni uddalagandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar