20 okt 15:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Beterbievning navbatdagi raqibi malum, u hali mag'lubiyatga uchramagan
Yarim og'ir vazn toifasida WBC va IBF kamarlari sohibi Artur Beterbievning navbatdagi raqibi malum qilindi.
Bu haqida uning promouteri Bob Arum malum qildi. Arturning navbatdagi raqibi xitoylik engilmas bokschi Men Fanlun bo'ladi. Sababi Men IBF kamariga rasmiy davogar hisoblanadi. Jang kelasi yilning boshida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Beterbiev kecha Gvozdikka qarshi kechgan jangda raqibini o'ninchi raundda nokaut qilishni uddalab, WBC kamarini ham o'ziniki qilib olgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar