12 mar 07:30
Yangiliklar
Futbol

"Beyjing Goan" durang o'ynadi, Krimec maydonga tushmadi
Xitoyda Superligasida 2-tur uchrashuvlari davom ettirildi.
Hamyurtimiz Egor Krimec to'p tepayotgan "Beyjing Goan" jamoasi "Guychjou Toro" mehmoni bo'lib 1:1 hisobida durang o'ynadi. Krimec uchrashuv qaydnomasiga ham kiritilmadi.
Sababi, Xitoy chempionatida uchta legioner maydonga tushishi mumkin, "Beyjing Goan" tarkibida Burak Yilmaz, Renato Augusto va Ralflar o'ynashdi.
Xitoy, Super liga. 2-tur
"Guychjou Toro" - "Beyjing Goan" 1:1
Gollar: Festus Baise 23 - Burak Yilmaz 43
Havola :
Fikrlar