16 iyu 19:20
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/1392_220.jpg)
“Beyjing”da g'alaba, Sergeev 74 daqiqa o'ynadi, Krimec maydonga tushmadi
O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari Egor Krimec hamda Igor Sergeev to'p tepuvchi “Beyjing Goan” klubi Xitoy chempionatining 17-turi doirasida “Xebei Jongchjin”ga qarshi maydonga tushdi.
O'yindagi yagona gol mezbon jamoa futbolchisi hisobiga yozildi. Xayfeng Ding kutilmaganda o'z darvozasini nishonga oldi. Yana bir hamyurtimiz Egor Krimec bu bahsda ishtirok etgani yo'q. Igor Sergeev esa o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 74-daqiqada almashtirildi.
Etiborlisi, “Xebei Jongchjin” klubi turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi. Sergeev va Krimecning jamoasi esa 24 ochko bilan 8-o'ringa ko'tarilib oldi.
“XEBEI JONGCHJIN” – “BEYJING GOAN” 0:1
Gol: Xayfeng Ding 2 avtogol
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar