27 iyu 17:21
Yangiliklar
Tennis

Bilasizmi? Denis Istominning faoliyati davomida ishlab topgan mukofot pullari 5 million dollardan oshgan!
O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin "Uimbldon"dan so'ng 5 million dollarlik "dovon"dan o'tdi.
24 iyul kungi elon qilingan yangi jadvalda Denis faoliyati davomida ishlab topgan mukofot pullari 5 038 510 dollar ekanligi malum bo'ldi.
12 yildan beri ATR o'yinlarida qatnashadigan sportchimizning yillik o'rtacha daromadi 420 728 dollarni tashkil qilar ekan.
24 iyul holatiga ko'ra bunday ko'rsatkich bo'yicha (yillik o'rtacha daromadi) faoliyati orqali 107 309 145 dollar ishlab topgan Rojer Federer etakchilik qilmoqda. U yiliga o'rtacha 8 478 320 dollar ishlab topadi.
Undan keyingi o'rinlarni Rafael Nadal ( faoliyati davomida 86 111 479, yiliga 7 386 870) va Sten Vavrinka (faoliyati davomida 30 623 544, yiliga 2 818 912) lar egallab turibdilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar