So’nggi yangiliklar

18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0 12:02Осиё ўйинлари: Хитой матбуоти ўйиндан сўнг Ўзбекистон терма жамоаси ходими Чжан Юнингни бўғиб олганини таъкидламоқда 0 11:07Алекс Перейранинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 10:00Осиё ўйинларида бешинчи бўлган Ўзбекистон делегацияси Тошкентда кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0

05 okt 18:21
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari, Aichi-Nagoya-2026

O'zbekistonning Osiyo o'yinlaridagi 70 ta medali uchun jami qancha mukofot puli to'lanadi?

O'zbekiston sport delegaciyasi Yaponiyada o'tgan Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o'yinlarini 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza - jami 70 ta medal bilan yakunladi.

Bu orqali ushbu nufuzli kompleks musobaqani beshinchi o'rinda yakunladik.

Musobaqalar start olgan bir paytda hukumat tomonidan Osiyo va Paraosiyo o'yinlari g'olib hamda sovrindorlari uchun pul mukofotlari oshirildi. Prezidentning 21-sentyabrdagi PQ-347-son qaroriga ko'ra, sportchilarga:

- oltin medal uchun — 25 ming dollar;

- kumush medal uchun — 12,5 ming dollar;

- bronza medal uchun — 6 250 dollar to'lanishi ko'zda tutilgan.

Murabbiylar uchun esa mos ravishda 10 ming, 5 ming va 2 500 dollar miqdorida mukofot belgilangan. Qaror 23-sentyabrdan kuchga kirgan.

Agar 70 ta medalning har biri uchun shartli ravishda bittadan sportchi va bittadan murabbiyga yangi stavkalar bo'yicha mukofot hisoblansa, umumiy summa 1 mln 382,5 ming AQSH dollarini tashkil etadi. SHundan 21 ta oltin medal uchun sportchilar va murabbiylarga jami 735 ming dollar, 25 ta kumush uchun 437,5 ming dollar, 24 ta bronza uchun esa 210 ming dollar to'g'ri keladi.

Biroq bu faqat shartli hisob-kitob. Jamoaviy va juftlik bahslarida bir medal bir nechta sportchiga tegishli bo'lishi mumkinligi, shuningdek, murabbiylarga mukofot to'lash tartibi sabab haqiqiy umumiy summa bundan farq qilishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing