06 okt 10:15
Yangiliklar
Tennis

Birgina Folc CHimkentdagi ishtirokini davom ettiradi
Qozog'istonning CHimkent shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasida sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan Shymkent Open turnirining asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu musobaqaning asosiy to'rida besh nafar hamyurtimiz ishtirokini boshlagan bo'lsa, ulardan birgina Arina Folc chorak finalga yo'l oldi. Turnirda oltinchi raqam ostida tasniflangan Arina rossiyalik Viktoriya Novikovani 6:2, 7:6(1) hisobida mag'lub etdi.
Sakkizinchi raketka sifatida qayd etilgan Kamola Umarova esa qirg'izistonlik Kseniya Palkinaga 4:6, 2:6 hisobida yutqazib qo'ydi. Albina Xabibulina esa turnirning birinchi raketkasi, qozog'istonlik Kamila Kerimbaevaga 2:6, 0:6 hisobida yutqazdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar