12 okt 08:10
Yangiliklar
Tennis

Birinchi davra qahramoni bugun Nedovesov bilan to'qnash keladi
Xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida ananaviy “Toshkent CHellenjer” musobaqasi davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 125 ming dollarni tashkil qiluvchi ushbu turnirda dunyoning 20dan ziyod davlatidan ko'zga ko'ringan tennischilar ishtirok etyapti.
Kecha ilk davrada shov-shuvli tarzda dunyo reytingida o'zidan 377 pog'ona yuqorida turgan rossiyalik Evgeniy Donskoyni mag'lubiyatga uchratgan hamyurtimiz Sanjar Fayzievning ikkinchi bosqichdagi raqibi malum bo'ldi.
Fayziev bugun o'tkaziladigan ikkinchi bosqich uchrashuvida Aleksandr Needovesovga qarshi kortga chiqadi. Qozog'istonlik bu tennischi dunyo reytingida 204-pog'onadan joy olgan. Nedovesov ilk davrada Aleksandr Kudryavcevni 6:2, 6:3 hisobida engdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar