09 avg 07:55
Yangiliklar
Tennis

Birinchi raketka bo'lgan Sabinaning AQSHdagi mag'lubiyati
AQSHning Landisvill shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqada bir yo'la ikki tennischimiz – Sabina SHaripova hamda Nigina Abduraimova o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazishi haqida xabar bergan edik.
Afsuski, musobaqada birinchi
raqam ostida tasniflangan SHaripova ilk davradayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
U belaruslik Vera Lapkoga 2:6, 4:6 hisobida yutqazdi. Bugun Nigina Abduraimova kortga
chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar