16 iyu 12:01
Yangiliklar
Tennis
Birinchi raketkamizning Ckopedagi yurishi boshlandi
Dushanba kuni rasman O'zbekistonning birinchi raketkasiga aylangan Humoyun Sultonov ushbu natijasi bilan tajribali Denis Istominning 17 yillik hukmronligiga chek qo'ygandi.
Istedodli tennischimiz mamlakatimizning birinchi raketkasi sifatidagi ilk turnirini Makedoniyada o'tkazyapti. Hamyurtimiz poytaxt Skope shahrida tashkil etilayotgan "Fyuchers" turnirining ilk davrasida serbiyalik Dushan Obradovichni 6/4, 6/3 hisobida mag'lub etdi.
Bugun Humoyun 1/8 final uchrashuvida urugvaylik 22 yoshli Franko Ronkadelliga qarshi kortga chiqadi. Ushbu uchrashuv bizning vaqt bilan taxminan soat 14:30dan keyin boshlanadi. Cultonov ATP reytingida 370, Obradovich 1007, Franko esa 1050-o'rinni egallab turibdi. Kecha urugvaylik tennischi birinchi davrada reytingda o'zidan deyarli 200 pog'ona yuqorida borayotgan raqibini mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar