26 iyu 14:50
Yangiliklar
Tennis

Birmingem (WTA): Kvitova bosh mukofot sohibasi!
Angliyaning Birmingem shahrida tennis bo'yicha Birmingham Classic turniri yakunlandi.
Premier toifasiga kiruvchi, sovrin jamg'armasi 846 000 evroni tashkil qilgan musobaqaning final uchrashuvida chexiyalik Petra Kvitova hamda avstraliyalik Eshli Barti o'zaro to'qnash kelishdi.
Bir soatu 47 daqiqa davom etgan bahsda dunyoning 16-raketkasi bo'lgan 27 yoshli Kvitova 4:6, 6:3, 6:2 hisobida zafar quchdi. Ushbu muvaffaqiyatli ishtirok Petraga 153,515 evro hamda 470 reyting ochkosini keltirdi.
Havola :
Fikrlar