So’nggi yangiliklar

19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0

06 okt 08:19
Yangiliklar

Tennis

Birozdan so'ng Istomin Almati turnirida bosh sovrin uchun kortga chiqadi

Bugun Qozog'istonning Almati shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnir yakunlanadi.

Sovrin jamg'armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnirda hamyurtimiz Denis Istomin birinchi raqam ostida harakat qilyapti. Osiyo o'yinlari g'olibi Almatida ham g'olibona yurishini davom ettirmoqda. 

Kecha vakilimiz o'z vaqtida dunyoning 24-raketkasi bo'lgan chexiyalik Lukash Rosolni 1 soatu 46 daqiqa davom etgan murakkab yarim final uchrashuvida 3:6, 6:3, 6:4 hisobida mag'lub eta olgandi. Bugun u bosh mukofot uchun kortga chiqadi. 

Denisning finaldagi raqibi ATP reytingida 201-o'rinni egallab turgan Nikola Miloevich bo'ladi. Serbiyalik bu tennischi kecha yarim finalda dunyoning 77-raketkasi bosniyalik Mirza Bashichni roppa-rosa 2 soat davom etgan bahsda 3:6, 7:6(3), 6:3 hisobida mag'lub etdi. 

Malumot uchun, Istomin Miloevich uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 10:00da boshlanadi. Bu ikki tennischi shu kungacha o'zaro bir marotaba to'qnash kelishgan. Ikki yil avval aynan Qozog'istondagi “CHellenjer” turnirida Istomin raqibidan ustun kelgandi. Aniqrog'i, birinchi setni 2:6 hisobida boy bergan Miloevich ikkinchi setga chiqmagan edi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing