05 okt 09:42
Yangiliklar
Birozdan so'ng Istomin final chiptasi uchun kortga chiqadi
Sovrin jamg'armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnirda hamyurtimiz Denis Istomin birinchi raqam ostida harakat qilyapti. Osiyo o'yinlari g'olibi Almatida ham g'olibona yurishini davom ettirmoqda.
U birozdan so'ng boshlanadigan yarim final uchrashuvida Lukash Rosolga qarshi kortga chiqadi. CHexiyalik 33 yoshli tennischi o'z vaqtida dunyoning 24-raketkasi bo'lgan. Lukash kecha chorak finalda germaniyalik Tobias Kamkeni 6:1, 6:4 hisobida taslim etdi. Denis esa turnirning ettinchi raketkasi sifatida saralangan serbiyalik Miomir Kecmanovichdan 6:3, 6:4 hisobida ustun keldi.
Taqqoslash uchun, Denis Istomin dunyo reytingida 103, Lukash Rosol esa 177-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha o'zaro turnirlarda besh marotaba to'qnash kelishgan. Uchrashuvlarning to'rttasida Lukash, faqat bittasida Denis zafar quchgan.
Fikrlar