24 apr 09:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Bivol MMA qoidalari bo'yicha jang o'tkazishi mumkinligiga munosabat bildirdi
Professional boksning yarimog'ir vazn toifasida WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni Dmitriy Bivol aralash yakkakurash qoidalari bo'yicha jang o'tkazish ehtimoli haqida gapirdi.
"Yo'q, men MMA jangini o'tkazishni istamasdim, bu meni unchalik qiziqtirmaydi. Men bokschiman va hozircha meni pop-boks deb ataladigan narsa qiziqtirmaydi, biz hali ham katta sportdamiz", dedi Bivol.
Eslatib o'tamiz, Dmitriy 23 fevral kuni Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida bo'lib o'tgan so'nggi jangida Kanada vakili Artur Beterbievni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, mutlaq chempionga aylangan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar