11 sen 17:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Bivolning menejeri bokschining kelajagi haqida gapirdi
Rossiyalik bokschi Dmitriy Bivolning menejeri Vadim Kornilov Artur Beterbiev bilan jang tashkil qilmoqchi ekanligini malum qildi.
"Hali ham maqsadimiz Artur Beterbiev bilan jang tashkil qilish. Jang Dmitriy uchun ustuvor vazifadir.
Men barcha ishtirokchilarga dekabr yoki yanvar oylarida Bivol - Beterbiev jangi variantini ko'rib chiqishni taklif qildim. Agar Kallum Smit kutishga va oxir-oqibat ushbu jang g'olibi bilan kurashishga rozi bo'lsa.
Agar ijobiy javob bo'lmasa, Lindon Artur, Xayme Mungie, Radivoy Kalajich yoki Devid Morell variantini ko'rib chiqamiz", - dedi Vadim Kornilov.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar