So’nggi yangiliklar

17:20"Ўзбекистонда ҳам чемпион бўлади. Буни биринчи бўлиб, ўзим бажараман" — Рамазон Темиров 0 16:03Ўзбекистон U-20 аёллар терма жамоаси – CAFA чемпиони! 0 15:10Рамазон Темировнинг жангдан кейинги фикрлари қандай бўлди? 0 14:01Парижда кураш бўйича Президент соврини учун мусобақа ўтказилди 0 13:07Махлуқ ролидаги Шоҳжаҳон Эргашев, тепкиланган Одилхон ва бошқалар. Тошкентдаги проф бокс оқшомидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:19Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 01:00Ўзбекистонлик жангчилар иштирокидаги Octagon 89 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:31UFC Abu-Dhabi турнирининг бонус эгалари эълон қилинди. Рамазон Темиров рўйхатда борми? 0 00:23Кутганмидингиз?! Шоҳжаҳон Эргашевнинг Марк Урвановга қарши жанги биринчи раунддаёқ ниҳоясига етди 0 00:00Гусков Анкалаевга, Темиров эса Эрцегга қарши жанг қилди! UFC Abu-Dhabi турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:54UFC ABU-DHABI. БОГДАН ГУСКОВНИНГ МАГОМЕД АНКАЛАЕВГА ҚАРШИ МАРКАЗИЙ ЖАНГИ БЕШИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 23:01РАМАЗОН ТЕМИРОВ ИШТИРОКИДАГИ CO MAIN EVENT ЖАНГИ БИРИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 22:41Ислам Махачевнинг спарринг шериги UFC'да дебют қилди 0 22:08UFC Абу-Даби. Ризван Куниев америкалик рақибини аямади 0 21:40Узоқ кутилган Абубакар Вагаев — Сайгид Изагахмаев жанги тўлиқ давом этди 0

28 iyu 20:52
Yangiliklar

Engil atletika

“Biz sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz!” shiori ostida marafon o'tkazildi

Qarshi shahrida 26 iyun - Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan marafon o'tkazildi.

Mustaqillik shoh ko'chasida joylashgan ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati oldidan Qarshi kurantigacha bo'lgan masofada viloyat hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi shahar kengashi tashabbusi bilan “Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi” doirasida “Biz sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz!” shiori ostida tashkil etildi. 

Ko'tarinki ruhda o'tkazilgan ushbu yugurish marafonida Qarshi shahrida joylashgan mahallalar aholisi, turli tashkilot va idoralar xodimlari, shuningdek, umumiy o'rta talim maktablari, kasb-hunar kollejlari va oliy o'quv yurtlaridan 1000 nafarga yaqin 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirok etishib, o'z irodalarini sinovdan o'tkazishdi.

Musobaqa yakunida quyidagi natijalar qayd etildi.

Qizlar (Qarshi DU)

1. Muhabbat Hamidova  

2. Marjona Rahmonqulova   

3. Fotima Rashidova 


Qizlar (kollej o'quvchilari)

1. Maysara Yusupova  

2. Setora CHorieva  

3. Feruza Elieva     

Qizlar (umumtalim maktab o'quvchilari)

1. SHohida Saidmurodova  

2. Gulbadan Saidmurodova 

3. Marjona Egamberdieva 


O'g'il bolalar (Qarshi DU)

1. Islombek Rahimov  

2. SHahzod Abdurahmonov 

3. Odil Avazov 


O'g'il bolalar (kollej o'quvchilari) 

1. SHahzod Mahmudov 

2. Jahongir Eshonqulov 

3. Javlon Xolboev 


O'g'il bolalar (umumtalim maktab o'quvchilari) 

1. Lutfulla Maxmatqulov 

2. Ro'zimurod Boyto'raev 

3. Asqar Murodullaev   

Musobaqa so'ngida g'olib va sovrindorlar Qarshi shahar hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. 

SHuningdek, giyohvandlikka qarshi kurashish hamda Yoshlar kuni munosabati bilan CHiroqchi tumanida ham “Biz sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida tuman xalq talimi bo'limi tasarrufidagi 90-umumiy o'rta talim maktabining sport zalida kurash bo'yicha o'quvchi-yoshlar o'rtasida musobaqa tashkil etildi. 

Yoshlar Ittifoqi tuman bo'limi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi hamda 1-Bolalar va o'smirlar sport maktabi bilan hamkorlikda o'tkazilgan musobaqada 100 nafardan ortiq yosh polvonlar ishtirok etishdi. O'z vazn toifalarida g'oliblikni qo'lga kiritgan polvonlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. 

Jahon ERGASHEV, Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari

Ilhom RAHMONOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing