11 sen 19:38
Yangiliklar
Og'ir atletika. Qarshi OPSTTM tarbiyalanuvchisi Munisa Odilova O'zbekiston rekordini yangiladi
Musobaqaning dastlabki kunida nafaqat shiddatli bahslar, balki rekord natija bilan ham yodda qoldi.

Quvonarlisi, kattalar o'rtasida -49 kg. vazn toifasida ishtirok etgan Qarshi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi tarbiyalanuvchisi Munisa Odilova siltab ko'tarish bahsida 92 kg natija qayd etib, yoshlar o'rtasida O'zbekiston rekordini yangiladi.
Istedodli sportchi ikki kurash yakuniga ko'ra 165 kg og'irlikni bo'ysundirib, 2 ta oltin medal sohibasiga aylandi.

SHuningdek, Qarshi OPSTTMning yana bir sportchi-o'quvchisi Dilnoza G'opporava ham yoshlar o'rtasidagi kubok bellashuvlarining 49 kg. vazn toifasida ikki kurash natijasiga ko'ra, 2 ta oltin medalni qo'lga kiritib, "sport ustasi" talabini bajardi.

SHu tariqa Qarshi OPSTTM jamoasi musobaqa jadvalida 4 ta oltin bilan etakchilar qatorida bormoqda. Musobaqa 15 sentyabrga qadar davom etadi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar