So’nggi yangiliklar

19:05US Open теннис тарихида рекорд даражадаги соврин жамғармасини эълон қилди 0 18:42Мавлонбек Миркомилов Тошкентдаги Octagon 91 турнирида жанг қилади 0 18:05Моуринью ҳакамларни майдонда Винисиусни ҳимоя қилишга чақирди 0 17:17Мужибилло Турсунов рингга қайтяпти. У Россияда жанг қилади 0 16:30ИНТЕРВЬЮ. Учинчи Олимпиада? Борсам ҳам кумушга рози бўлмайман! — Ҳасанбой Дўсматов 0 15:47Енгил атлетикачиларимиз Марказий Осиё очиқ чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 15:12Жон Жонс UFC’га допинг-тест топширишда давом этяпти 0 14:41"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси жамоани тарк этиши мумкин 0 14:10Усман Нурмагомедов UFC баннерлари фонида сирли пост қолдирди + ФОТО 0 13:46Dana White’s Contender Series ғолиби UFC`да 11 миллион доллар ишлаб топди 0 13:17Ўзбекистон крикет федерацияси Осиё крикети бошқарувидаги иштирокини янада мустаҳкамлади 0 12:42Чемпионлар Лигасининг 2026/2027 йилги мавсуми умумий босқичининг 36 та иштирокчисидан 32 таси маълум бўлди 0 12:13Мовсар Евлоев чемпионлик жангидан сўнг фаолиятини якунлаши мумкин 0 11:41Робот Усэйн Болтнинг рекордини янгилади 0 11:07Дзюдо бўйича терма жамоамиз янги бош мураббий қўл остида Lausanne Grand Slam 2026 турнирига йўл олди (Тўлиқ таркиб) 0

27 may 20:29
Yangiliklar

Boshqalar

Armrestling sport turi yangi bosqichga ko'tarilmoqda

O'zbekistonda armrestling sport turi nafaqat poytaxtda, balki viloyatlarda ham rivojlanib, yoshlar orasida ommalashib bormoqda.

Xususan, Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahrida ham ushbu sport turida aytishga arzigulik yutuqlar qo'lga kiritilmoqda. O'n yildan ortiq vaqt mobaynida armrestling bilan professional tarzda shug'ullanib, terma jamoa tarkibida Osiyo va jahon chempionatlarda muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etib, xalqaro musobaqalarda shohsupaga ko'tarilgan Asadbek Murodillaev bugungi kunda yoshlarni ana shu g'alabalar sari etaklamoqda. Avvaliga Qarshi shahrida ish boshlagan "Asad" klubining bugungi kunga kelib, viloyatda bir nechta bo'limi faoliyat yuritmoqda. 

"Asosiy maqsadimiz yoshlarni sportga jalb etish, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, jinoyat yo'llariga kirib ketmasliklarini oldini olish uchun harakatdamiz. Klubimizda asosiy talab qilinadigan narsa bu - intizom! Busiz hayotda ham, sportda ham muvaffaqiyatga yurishib bo'lmaydi. Keyin yana bir asosiy vazifalarimizdan biri - sportchilarni turli yosh toifasidagi terma jamoalarimizga etkazib berishdan iborat", - deydi Asad Murodillaev. 

SHu o'rinda armrestling sport turi haqida malumot. Inglizchada arm — qo'l, restling — kurash manosini bildiradi. Ikki kishi (sportchi)ning maxsus stolda tirsagini tayanchdan uzmasdan bir-birining qo'lini qayirib mushti sirtini stolga tegizish uchun kurashish. Agar o'ng (chap) qo'l bilan musobaqalashilsa, chap (o'ng) qo'l bilan stoldagi maxsus tutqichdan ushlanadi. Musobaqada vaqt cheklanmaydi. Erkaklar 50, 55, 60, 65, 70, 75, 80, 90, 100, 110 kg va 110 kg dan ziyod, ayollar 45, 50, 55, 60, 65, 70 va 80 kg dan ziyod vazn toifalarida musobaqalashadilar.

Armrestling qadimiy kuch sinashish turlaridan biri bo'lishiga qaramasdan XX asrning 50-yillariga kelibgina AQSHdagi olis masofaga qatnovchi avtomobil haydovchilari o'rtasida sport turi sifatida shakllandi. 1962 yilda armrestling federaciyasiga asos solindi, unga 95 davlat (O'zbekiston 1996 yildan) azo. Armrestling bo'yicha ilk jahon chempionati 1962 yilda (Osiyo chempionati 2000 yilda) o'tkazildi. SHundan buyon har yili erkaklar, ayollar va yoshlar o'rtasida jahon chempionatlari tashkil qilinadi. Armrestling AQSH, Gruziya, Rossiya, Ukraina, Qozog'iston, O'zbekiston kabi davlatlarda yaxshi rivojlangan.

O'zbekistonda armrestling XX asrning 90-yillarida sport turlari qatoridan o'rin oldi. 1991 yilda O'zbekiston Armrestling federaciyasi tuzildi va O'zbekiston chempionatlari (erkaklar va ayollar o'rtasida) tashkil etildi. O'zbekiston armrestlingchilari 1995 yildan xalqaro musobaqalarda qatnasha boshladi. Armrestling bo'yicha o'z vazn toifalarida Umidjon Ahmedov, Yusuf Qodirov, Farid Usmonov, Mirzohid SHarapov, Komil Kerimov, Sarvinoz Tangatova, Ruslan Muxtorov, Avazbek Asadov, Jasur Aliakbarov, Elena SHafronova, Amir O'roqov bir necha karra jahon chempioni bo'lgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing