So’nggi yangiliklar

20:26Махачев Колби Ковингтоннинг таклифини қабул қилди: "Унинг ҳеч қандай имконияти йўқ!" 0 19:38Жон Маккарти UFC`дан четлатилиш сабабларини айтди 0 19:07Португалия президенти Роналдунинг кетиши ҳақида: "Мамлакатни бутун дунёга танитганинг учун ташаккур!" 0 18:36Тошкентда бўлиб турган Ислам Махачев Шавкат Раҳмонов ҳақида фикр билдирди 0 18:11Акбар Жўраев 2 та жаҳон рекордини янгилаб, тўрт карра Жаҳон чемпиони бўлди 0 18:05Chennai Open. Кудерметова биринчи ракеткага қарши уч сетлик учрашув ўтказди 0 17:34Сафонов, Головин ва Батраков Россия терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин қайдномасига киритилди 0 17:03Ёшларимизнинг жаҳон чемпионатига тайёргарлиги давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:32Қайтишини айтган Топурия энг эҳтимолий рақибини ҳам маълум қилди 0 16:01Емельяненко ва Махачев жаҳон самбосининг расмий элчилари бўлишди 0 15:30"Барселона" мавсумнинг дастлабки 15 та ўйинида 60 та гол урди — бу бир аср ичидаги энг яхши кўрсаткич 0 14:59Карлос Пратес UFC`даги гонорарини маълум қилди: "Жуда хурсандман!" 0 14:28Мерганларимиз Жаҳон чемпионатида тарихий бронза медалини қўлга киритди 0 13:57Дакар-2026 ёшлар Олимпиадасида бугун бир спортчимизга мухлислик қиламиз 0 13:26Ислам Махачев фаолиятини якунлаши ҳақида: "Онамга қулоқ соламан" 0

24 iyu 11:16
Yangiliklar

Tadbirlar

Qarshi shahrida Olimpiya kuniga bag'ishlangan sport tadbiri o'tkazildi

23 iyun - Xalqaro Olimpiya kuni munosabati bilan Qarshi shahrida sport va sog'lom turmush targ'iboti akciyasi bo'lib o'tdi.

Xalqaro Olimpiya kuniga bag'ishlangan bayram tadbirlarining uzviy davomi sifatida joriy yilning 23 iyun kuni Qarshi shahrida keng ko'lamli sportni targ'ib qilish akciyasi tashkil etildi.

Mazkur akciya aholi, ayniqsa yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda Olimpiya harakatining insonparvarlik, do'stlik va hamjihatlik kabi yuksak qadriyatlarini ommalashtirish maqsadida o'tkazildi.

Akciya ishtirokchilari Qarshi shahri bo'ylab sport va sog'lom hayot tarafdori ekanliklarini namoyish etdilar. Tadbir davomida turli yoshdagi fuqarolar, sportchilar, trenerlar, volontyorlar hamda sport ixlosmandlari faol qatnashdi.

SHuningdek, jamoat transportlari, yirik savdo markazlari va aholi gavjum hududlarda targ'ibot tadbirlari tashkil etilib, fuqarolarga sportning inson salomatligi, hayot sifati va uzoq umr ko'rishdagi ahamiyati haqida batafsil malumotlar berildi.

Akciya doirasida ishtirokchilarga Xalqaro Olimpiya kuniga bag'ishlangan esdalik sovg'alari, maxsus qo'l tasmalari va targ'ibot materiallari topshirildi. Sana munosabati bilan turli sport chellenjlari tashkil etilib, faol qatnashchilar rag'batlantirildi.

Mazkur tadbirlar aholining sportga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish, sog'lom va faol hayot tarzini ommalashtirish hamda Olimpiya harakatining ezgu g'oyalarini keng jamoatchilik orasida targ'ib etishga xizmat qildi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing