So’nggi yangiliklar

13:01Mangu MMA The Ultimate Fighter шоусида иштирок этган жангчи билан шартнома тузди (ФОТО) 0 12:37Расман: "Сўғдиёна" сербиялик дарвозабон трансферини эълон қилди 0 12:08Илҳом Назимов RIZIN'даги чемпионлик жанги учун Санжар Зокиров билан шуғулланмоқда (ВИДЕО) 0 11:41Машҳура Рустамова — Qatar Cup вице чемпионига айланди 0 11:15Всеволод Шумков ўзбекистонликларга, жумладан, Абдумалик Халоковга ҳам мурожаат қилди (ВИДЕО) 0 10:48Sofascore. Кечаги учрашувдан сўнг "Бургутлар" неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:21Жамолиддин Раҳмонжонов Octagon 83 турниридаги эрта ғалабаси учун бонусни қўлга киритди 0 09:45The Ring. Кроуфорд кетгач, энди ким P4P пешқадамига айланди? 0 09:23Бектемир Мелиқўзиев Сауль Альваресга мурожаат қилди 0 08:30ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва плей-оффга чиқа олмади 0 19:01Дмитрий Бивол собиқ хотинини судда ютиб чиқди 0 18:39Ислам Махачев айни пайтда UFC'нинг энг зўр жангчиси ким эканлигини айтди 0 18:17Жейк Пол Франсис Нганну билан жанг қилмоқчи 0 17:52"Фенербахче" президентининг кокаинга топширган тести мусбат чиқди 0 17:25Баҳодир Жалолов ва Муроджон Аҳмадалиев машғулотларни биргаликда давом эттиряпти (ВИДЕО) 0

13 iyu 09:07
Yangiliklar

Tennis

"Blois Challenger 80". Bir paytda ikki kortda o'zbek - ispan "dueli" bo'lib o'tdi

Franciyaning Blua shahrida tennis bo'yicha "CHellenjer" turkumiga kiruvchi turniri o'tkazilyapti.

"Blois Challenger 80" musobaqasining saralash bosqich bahslarida ikki hamyurtimiz ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazdi. Istedodli tennischimiz, Qozog'istondagi muvaffaqiyatidan so'ng reytingda katta o'sishga erishgan Sergey Fomin hamda Sanjar Fayziev bir paytning o'zida ikki kortda ispaniyalik raqiblariga qarshi bahs olib borishdi.

ATP reytingida 408-pog'onadan joy olgan Fomin dunyoning 298-raketkasi Nikolas Sanches Iskierdoga munosib qarshilik ko'rsatdi va hatto g'alabaga ham yaqin edi. Birinchi setni 7/5 hisobida o'z foydasiga hal qilgan Sergey ikkinchi setda mag'lubiyatga uchradi - 2/6. Hal qiluvchi uchinchi setda breyk-poyntni amalga oshirgan Fomin afsuski, bu ustunlikdan foydalana olmadi - 4/6. Ushbu uchrashuv 2 soatu 25 daqiqa davom etgan. Fomin 7, Sanches 5 ta eys zarbasini amalga oshirdi.    

Bu uchrashuv bilan parallel ravishda qo'shni kortda yana bir o'zbek-ispan qarama-qarshiligi bo'lib o'tdi. ATP reytingida 704-pog'onadan joy olgan hamyurtimiz Sanjar Fayziev dunyoning 251-raketkasi Xaver Barranko Kozanoga 4/6, 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bir soatu 24 daqiqa davom etgan bahsda Sanjar 10, Xavber 8 ta eys zarba ijro etdi. Har ikkala uchrashuvda ham tajriba o'z so'zini aytdi.  

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing