16 mar 14:54
Yangiliklar
Tennis
BNP Paribas Open. Anjelik Kerber ikkinchi finalchi!
Indian-Uells shahri mezbonligida o'tayotgan nufuzli WTA turnirida finalchilar malum bo'ldi.
Sayyoramizning ikkinchi raqamli tennischisi Anjelik Kerber BNP Paribas Open turnirining ikkinchi finalchisiga aylandi. Germaniyalik tennischi reytingning 23-pog'onasidan joy olib turgan shveycariyalik Belinda Benchichdan ustun keldi.
Kerber 1 soatu 7 daqiqa davom etgan uchrashuvda 6/4, 6/2 hisobida g'alaba qozondi. Anjelik Indian-Uells turniri bosh mukofoti uchun kanadalik Byanka Andreeskuga qarshi kortga chiqadi. Byanka ikkinchi yarim finalda ukrainalik Elina Svitolinadan ustun kelgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar