12 mar 08:48
Yangiliklar
Tennis

BNP Paribas Open. Raonich 22ta eys sabab 1/8 finalga chiqdi
Dunyoning 14-raketkasi Milosh Raonich Indian-Uells turnirining nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Kanadalik tennischi uchinchi davra uchrashuvida amerikalik Markos Xironga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 56 daqiqa davom etgan bahsda Raonich reytingning 217-pog'onasidan joy olib turgan raqibini 4/6, 6/4, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Milosh uchrashuv davomida 22ta eys zarbasini yo'llashga muvaffaq bo'ldi. Endi Raonich BNP Paribas Open turnirining nimchorak finalida germaniyalik Yan-Lennard SHtruffga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar