07 dek 17:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Bob Arum Beterbiev ishtirokida birlashtiruvchi chempionlik jangini tashkil qilmoqchi
"Top Rank" promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum yarimog'ir vazn toifasidagi ikki kamar sohiblari o'rtasida jang tashkil qilmoqchi.
Gap IBF va WBC chempionlari Artur Beterbiev va amerikalik Jo Smit haqida ketmoqda. Bu reja amalga oshishi uchun ikki bokschi o'zining navbatdagi janglarida g'alaba qozonishi kerak.
"Agar Beterbiev o'zinig keyingi jangini yutsa, biz uni Jo Smit bilan to'qnvshuvga ko'ndirishga harakat qilamiz. Buning uchun Jo Smit ham WBO chempionlik kamariga ega chiqishi kerak. Bu katta jang bo'ladi", -dedi Bob Arum.
Eslatib o'tamiz, Beterbiev keyingi jangini Adam Deysenga qarshi, Jo Smit esa Maksim Vlasovga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar