28 jan 15:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Bob Arum Bivol - Beterbiev jangi qachon bo'lishi mumkinligini aytdi
Mashhur promouter Bob Arum rossiyalik bokschilar Dmitriy Bivol va Artur Beterbiev o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Bivol Beterbievga qarshi jang qila oladimi? Ha, menimcha bu jang bo'ladi. Lekin, vaziyatga real qarashimiz kerak. O'ylaymanki, Bivol birinchi navbatda Saul Alvares bilan jang qilmoqchi. Moliyaviy taraflama bu jang unga ancha qiziqroq. Bu jang faqat kelasi yil tashkil etilishi mumkin. Ammo, Kanelo bilan jang bo'lmasa, bu yil Bivol - Beterbiev jangini ko'rishimiz mumkin", - dedi Arum.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar