04 noy 17:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Osiyo chempionati. O'zbekiston erkaklar terma jamoasida dastlabki yo'qotish
Iordaniyaning Amman shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.
Bugun musobaqa doirasida 5 nafar hamyurtimiz ringga ko'tariladi.
O'zbek bokschilarining bugungi ishtirokini -71 kg vaznli Havasbek Asadullaev boshlab berdi. U ilk jangini mo'g'ulistonlik Byamba-Erdene Otgonbaatarga qarshi ringga ko'tarildi va afsuski 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Endi mo'g'ulistonlik bokschi navbatdagi jangini Koreya yoki Malayziya vakiliga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar