So’nggi yangiliklar

18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0

15 avg 08:38
Yangiliklar

Boks/MMA

Uch nafar bokschimizning barida g'alaba, Mirzaxalilov kamar sohibi!

Rossiya Federaciyasining Naberejnie CHelni shahrida uch nafar charm qo'lqop ustamiz ishtirokidagi professional boks turniri bo'lib o'tdi.

Quvonarlisi, Mirazizbek Mirzaxalilov, Havasbek Asadullaev va Xalimjon Mamasoliev o'z janglarini g'alaba bilan yakunlab olishdi. Ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do'smatov turnirga faxriy mehmon sifatida taklif etilgandi. 

"IBA.PRO 20" turniri doirasida ikkinchi o'ta engil vazn (55,3 kg) toifasida 10 raund etib belgilangan jangda IBF European kamari o'rtaga qo'yildi. Ushbu kamar uchun Mirazizbek Mirzaxalilov (6-0, 5 KO) rossiyalik  CHingiz Natirov (10-1, 5 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi. Raqib jiddiy - 10 ta jangning barida g'alaba qozongan, besh nafar raqibini nokautga uchratgan edi. SHunga qaramay, Mirazizbek Natirovni texnik nokautga uchrata oldi. To'rtinchi raunddan so'ng mezbon bokschining murabbiylari jangni davom ettirmaslikka qaror qilishdi. Mirzaxalilov IBF European kamarini qo'lga kiritdi.  

Superog'ir vaznda jang qiluvchi bokschimiz Xalimjon Mamasoliev (vazni 97,8 kg) rossiyalik German Skobenko (vazni 111,4 kg)ga qarshi to'liq 10 raundlik jang o'tkazdi va yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi. 

Yarim o'rta vazn (66,7 kg) toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Havasbek Asadulaev (8-0, 5 KO) esa rossiyalik tajribali Sergey Lubkovich (20-0-2, 12 KO)ni 10 raundlik jangda ochkolar (98-92, 97-93, 96-94) hisobiga ko'ra taslim etdi. Bu Lubkovichning faoliyatidagi ilk mag'lubiyati bo'ldi. U 23-jangiga kelib prof ringdagi ilk mag'lubiyatini aynan o'zbek bokschisidan qabul qilib oldi. 

SHu tariqa, uchchala bokschimiz ham rossiyalik raqiblarini mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi.   

Oqshomning asosiy jangi ikkinchi o'rta vaznda IBF European kamari uchun kechdi. Unda havaskor boksda o'tgan yilgi jahon chempioni rossiyalik Jambulat Bijamov (4-0) jahon chempionati bronza medali sovrindori, Serbiya sharafini himoya qilayotgan Vladimir Mironchikov (8-1, 6 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi. O'n raund to'liq davom etgan jangda Bijamov ochkolar (97-93, 96-94, 96-94) hisobiga ko'ra zafar quchdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing