So’nggi yangiliklar

17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0 10:49Мадримовнинг вазнидаги собиқ чемпионнинг кейинги жанги санаси, манзили ва рақиби эълон қилинди 0 10:18Валерий Карпин: "Ўзбекистонда умуман бошқа даражадаги футболчилар пайдо бўлди" 0

14 avg 08:56
Yangiliklar

Boks/MMA

Bokschimiz raqibidan 13,6 kg engil tosh bosdi, kamar uchun jang qiladigan Mirzaxalilov meyorni bajardi + FOTO

Bugun Rossiya Federaciyasining Naberejnie CHelni shahrida Hasanboy Do'smatov taklif etilgan va uch nafar charm qo'lqop ustamiz ringga chiqadigan professional boks turniri bo'lib o'tadi.

Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida uch nafar bokschimiz — Mirazizbek Mirzaxalilov, Havasbek Asadullaev va Xalimjon Mamasoliev ham ringga ko'tariladi. Ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do'smatov turnirga faxriy mehmon sifatida taklif etilgan. 

"IBA.PRO 20" turniri ishtirokchilari tarozidan o'tish hamda so'nggi face to face marosimlarida hozir bo'lishdi. Oqshomning asosiy jangi ikkinchi o'rta vaznda IBF European kamari uchun kechadi. Unda havaskor boksda o'tgan yilgi jahon chempioni rossiyalik Jambulat Bijamov (3-0) jahon chempionati bronza medali sovrindori, Serbiya sharafini himoya qilayotgan Vladimir Mironchikov (8-0, 6 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. 

Ikkinchi o'ta engil vazn toifasida 10 raund etib belgilangan jangda IBF European kamari o'rtaga qo'yiladi. Ushbu kamar uchun Mirazizbek Mirzaxalilov (5-0, 4 KO) rossiyalik  CHingiz Natirov (10-0, 5 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. Raqib jiddiy - 10 ta jangning barida g'alaba qozongan, besh nafar raqibini nokautga uchratgan. Bokschilar belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Ikkala bokschi ham tarozida bir xil vazn qayd etdi - 55,2 kg. 

Superog'ir vaznda jang qiluvchi bokschimiz Xalimjon Mamasoliev 97,8 kg, rossiyalik raqibi German Skobenko 111,4 kg tosh bosdi. Yarim o'rta vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Havasbek Asadulaev - 66,45 kg, rossiyalik Sergey Lubkovich esa 66,6 kg vazn ko'rsatdi.  


Turnirning to'liq kardi:

Ikkinchi o'rta vazn, 10 raund, IBF European kamari uchun jang: Jambulat Bijamov (3-0, Rossiya) – Vladimir Mironchikov (8-0, 6 KO, Serbiya);

Yarim o'rta vazn, 10 raund, IBF Youth kamari uchun jang: Ruslan Selimyan (14-0, 8 KO, Rossiya) – Ivan Kambagire (9-2-1, 4 KO, Uganda);

Engil vazn, 10 raund, IBF Youth kamari uchun jang: Mixail Grigoryan (9-0, 2 KO, Rossiya) – Genri Otemba (9-1, 5 KO, Uganda);

Ikkinchi o'ta engil vazn, 10 raund, IBF European kamari uchun: CHingiz Natirov (10-0, 5 KO, Rossiya) – Mirazizbek Mirzaxalilov (5-0, 4 KO, O'zbekiston);

Ikkinchi yarim engil vazn, 6 raund: Amin Abdullin (2-0, 1 KO, Rossiya) – Adilet Kurmetov (3-0, 1 KO, Qozog'iston);

Yarim o'rta vazn, 10 raund: Sergey Lubkovich (20-0-2, 12 KO, Rossiya) – Havasbek Asadullaev (8-0, 5 KO, O'zbekiston);

Ikkinchi o'rta vazn, 6 raund, Naberejniy CHelniy meri Kubogi uchun: Sergey Sergeev (2-0, 2 KO, Rossiya) – Nekruz Salimov (1-0, 1 KO, Tojikiston).

Birinchi og'ir vaznda: Xalimjon Mamasoliev (O'zbekiston) – Yuriy Kashinski (Rossiya);

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing