24 avg 06:54
Yangiliklar
Futbol
"Borussiya D" mehmonda "Kyoln"ni taslim etib, peshqadamligini mustahkamladi
Germaniya chempionatining 2-turidan o'rin olgan ilk bahsda "Borussiya D" safarda "Kyoln"ga qarshi bahs olib bordi.
Dortmundliklar birinchi bo'lib o'z darvozalaridan to'p o'tkazib yuborganliklariga qaramay, yakunda 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Ushbu g'alaba evaziga "Borussiya" o'z peshqadamligini mustahkamlab oldi.
Keln – Borussiya D 1:3 (1:0, 0:3)
«Reyn Energi SHtadion»
Gollar: 1:0 – 29 Dreksler, 1:1 – 70 Sancho, 1:2 – 86 Xakimi, 1:3 – 90 Pako Alkaser.
Keln – Xorn, Exizibue, CHixos, Bornauv, Xektor, Verstrate, Skiri, Dreksler, SHindler (Kaync, 74), Kordoba (Terodde, 55), Modest (Xeger, 81).
Borussiya D – Byurki, Xummels, Akandji, Pishchek, SHulc (Xakimi, 62), Sancho, Vitcel, Azar (Bruun Larsen, 85), Vaygl (Brandt, 62), Roys, Pako Alkaser.
Ogohlantirishlar: Verstrate (45), Pishchek (58), Exizibue (90).
Havola :
Fikrlar