09 okt 10:33
Yangiliklar
Bugun ham Jahon chempionatida to'rt nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz (Juftliklar)
Bugun musobaqaning oltinchi kuni erkaklar o'rtasida -100, ayollarda esa -78 kg vazn toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. Bugungi dasturda ham xuddi kechagi kunda bo'lgani singari terma jamoamizning bir yo'la to'rt nafar vakili — Ernazar Sarsenbaev, To'lqinbek Turdiev, Marjona Ko'chimova va Barchinoy Qodirova tatamiga chiqadi.
Kunduzgi dastur saralash bellashuvlari bizning vaqt bilan soat 11:30da boshlanadi.
Dzyudochilarimizning ilk davra bahslari:
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev — Oliver Barratt (Buyuk Britaniya)
-100 kg: To'lqinbek Turdiev — Bertalanik Jizek Gal (Sloveniya)
-78 kg: Marjona Ko'chimova — Li Jeon Gyun (Koreya Respublikasi)
-78 kg: Barchinoy Qodirova — Elvismar Rodriges (Venesuela)

Fikrlar