06 sen 10:28
Yangiliklar
Paralimpiya
Para velosport tarixida ilk bor: O'zbekiston jahon chempionatida 2 ta oltin medal qo'lga kiritdi!
AQSHning Alabama shtati Xantsvill shahrida para velosport bo'yicha dunyo birinchiligiga start berildi.
Musobaqaning ilk kunida 14.6 km masofaga vaqt poygalari tashkil etildi.
Quvonarlisi, turnirning dastlabki kunidayoq hisobimizga 2 ta oltin medali qo'shildi. T1 klassidagi bellashuvlarda Marjona Pardaboeva barcha raqibalaridan ustun kelgan bo'lsa, Pokiza Ahmadbekova H1 klassidagi vaqt poygasida yana bir bor dunyoda tengsiz ekanini isbotladi.
Ayollar, T1 (vaqt poygasi):
1. Marjona Pardaboeva (O'zbekiston)
2. Pavlina Veyvodova (CHexiya)
3. Quan SHiqi (Xitoy).

Ayollar, H1 (vaqt poygasi):
1. Pokiza Axmadbekova (O'zbekiston)
2. Manuela van den Bouxyuysen (Ispaniya).

Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar