18 mar 05:09
Yangiliklar
Tennis
Bosh sovrin kutilmaganda Germaniyaga emas, Kanadaga ketdi
AQSHning Indian-Uells shahrida ayol tennischilar o'rtasidagi nufuzli turnir yakunlandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvi kutilmagan natija bilan yakunlandi. Dunyoning 60-raketkasi bo'lib turgan Byanka Andreesku shov-shuvli tarzda reytingning sakkizinchi pog'onasidan joy olib turgan germaniyalik Anjelik Kerberni mag'lub eta oldi.
BNP Paribas Open turnirining final uchrashuvi 2 soatu 18 daqiqa davom etdi va yakunda kanadalik tennischi nomdor raqibasidan 6/4, 3/6, 6/4 hisobida ustun keldi.
Etiborlisi, Byanka nafaqat mavsumdagi, balki faoliyatidagi ilk sovrinni aynan shu turnirda qo'lga kiritdi. Indian-Uellsdagi muvaffaqiyatli ishtirok Andreeskuga 1 million 354 010 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli hamda 1000 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar