So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

21 okt 19:45
Yangiliklar

SHaxmat

Bosh sovrin va 20 000 $ Ozarbayjonga ketadi, Qosimjonov esa...

Bugun poytaxtimizdagi “Miran” mehmonxonasida davom shaxmat bo'yicha nufuzli musobaqa – SHaxmat Yulduzlari turniri yakunlandi.

Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 680-yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan ushbu super turnirda ozarbayjonlik SHaxriyar Mamadiyarov bosh mukofotni qo'lga kiritdi.

U 12 imkoniyatdan 8 ochko to'plab, bosh mukofot hamda 20 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot jamg'armasiga ham ega bo'ldi. Bugun musobaqaning so'nggi kuni Mamadiyarov bir g'alaba va ikki durang natija qayd etdi.


Isroillik Boris Gelfand esa 6 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Bugun Gelfand 2-o'rin sohibini aniqlab bergan uchrashuvda hamyurtimiz 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonovni mag'lubiyatga uchrata oldi.

Qosimjonov va ukrainalik Ruslan Ponomarev musobaqada 5 ochkodan jamg'arib, uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni bo'lishib olishdi.

BUGUNGI UCHRASHUVLAR NATIJASI:

Ponomarev - Qosimjonov - 0,5:0,5

Gelfand - Mamadiyarov - 0,5:0,5

Ponomarev - Gelfand - 1:0

Qosimjonov - Mamadiyarov - 0,5:0,5

Ponomarev - Mamadiyarov - 0,5:0,5

Gelfand - Qosimjonov - 1:0

TURNIR JADVALIDAGI YAKUNIY HOLAT:

SHaxriyar Mamadiyarov (Ozarbayjon) - 8 ochko

Boris Gelfand (Isroil) - 6 ochko

RUSTAM QOSIMJONOV (O'zbekiston) - 5 ochko

Ruslan Ponomarev (Ukraina) - 5 ochko

SHaxmat Yulduzlari turnirining umumiy mukofot jamg'armasi 50 ming Amerika Qo'shma SHtatlari dollarini tashkil etgandi. SHaxriyar Mamadiyarov g'olib sifatida 20 ming dollarga ega bo'ldi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing