27 okt 13:19
Yangiliklar
SHaxmat
Rustam Qosimjonov – O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi!
Xalqaro grossmeyster, 2004 yilgi FIDE Jahon chempioni Rustam Qosimjonov O'zbekiston erkaklar milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
Rustam Qosimjonov – o'zbek shaxmatining faxri, chuqur bilim va katta xalqaro tajribaga ega mutaxassis. U nafaqat dunyoning eng kuchli grossmeysterlaridan biri sifatida tanilgan, balki xalqaro darajadagi sportchilar bilan murabbiy sifatida ham faol ishlagan.
Endi uning rahbarligida milliy jamoamiz oldida yangi vazifalar turibdi:
xalqaro maydondagi barqaror natijalarni mustahkamlash;
yoshlar uchun zamonaviy tayyorgarlik tizimini yo'lga qo'yish;
jamoani yirik musobaqalarga sifatli tayyorlash.
O'zbekiston shaxmat federaciyasi nomidan Rustam Qosimjonovni ushbu tayinlov bilan tabriklaymiz va yangi lavozimida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz, deyiladi federaciya xabarida.

Havola :
Fikrlar