So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

31 mar 12:23
Yangiliklar

Boshqalar

BO'SM direktori o'zi o'qigan maktabga kitob sovg'a qildi

Joriy yilning 19 mart kuni Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev raisligida bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida yoshlarga etiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat va sanat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish masalalari doirasida yoshlarimiz orasida kitobxonlikni targ'ib qilishga ham alohida etibor qaratildi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi va taklifi  bilan yurtimizda kitobxonlikka bo'lgan qiziqish yanada oshayotgani o'g'il-qizlarimizning odob-axloqiga, tarbiyasiga sezilarli ijobiy tasir ko'rsatishi bor gap, albatta. Mamlakatimiz bo'ylab barcha darajadagi rahbarlar, ziyolilar, ishchi-xodimlar tomonidan o'zlari tahsil olgan umumiy o'rta talim maktablariga kitoblarni bayramona tarzda   sovg'a qilish jarayoni o'ziga xos ananaga aylangani quvonarli. Bunday ezgu va xayrli tashabbuslar Qashqadaryo viloyatida ham boshlab yuborilgan. 

Xususan, Qashqadaryo viloyati CHiroqchi tumanidagi 1-sonli bolalar va o'smirlar sport maktabi direktori Farhod Jumanov ham tumandagi o'zi taxsil olgan 31-umumiy o'rta talim maktabiga o'zbek milliy hamda jahon adabiyoti namoyandalarining sara asarlaridan iborat kitoblar jamlanmasini  sovg'a qildi. 

O'quvchilar dunyo qarashini rivojlantiruvchi asarlar sirasiga sher, hikoya va qissa, shuningdek, qiziqarli ertaklar ham o'rin olgan. Ushbu badiiy adabiyotlar o'g'il-qizlarning yoshiga mos tarzda tanlangan. SHuningdek, mazkur sport maktabida rejaga muvofiq endilikda taniqli yozuvchi va shoirlarlarning BO'SM tarbiyalanuvchilari bilan ijodiy uchrashuvlari, kitobxonlik kechalarini tashkil etilishi ham  yosh sportchilarning nafaqat jismoniy balki manan tafakkuri boyishiga xizmat qilishi naqadar yaxshi.

Yana bir gap. Sport maktabida tashqi futbol, voleybol maydonlari, engil atletika uchun yugurush yo'lakchalari mavjud bo'lib, har tong ushbu sport maydonlarida turli yoshdagi odamlarning ertalabki badantarbiya mashg'ulotlarida BO'SM murabbiylari va ishchi-xodimlari safiga qo'shilayotganini va gimnastika mashg'ulotlarini xushchaqchaqlik bilan   ko'tarinki kayfiyatda bajaryotganini takidlab o'tmasa bo'lmas.

SHunday ekan, biz ham kitoblarni ko'proq o'qiylik - dunyoni teranroq anglaymiz, tafakkur olamimiz kengroq bo'ladi, jismoniy tarbiya va sportga oshno bo'lib, erta tong bir muddat badantarbiya qilaylik - jismonan sog'lom bo'lamiz, kun davomida tashlagan qadamlarimiz shaxdam bo'ladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi     

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing