17 iyu 11:30
Yangiliklar
Tennis

Bostad (ATR). Bosh mukofot Ispaniyaga yo'l olishi aniq
SHveciyaning Bostad shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 512 121 evroni tashkil etuvchi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Bugun turnirning yakkalik bahslarida hal qiluvchi final uchrashuvi o'tkaziladi. Final natijasidan qatiy nazar bosh mukofot Ispaniyaga yo'l olishi oydinlashdi.
Yarim final uchrashuvida turnirning birinchi raketkasi ispaniyalik David Ferrer kutilmaganda hamyurti Albert Ramos-Vinollasga 5:7, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ikkinchi yarim final juftligida esa Fernando Verdasko portugaliyalik Gastao Eliasdan 6:3, 6:1 hisobida ustun keldi.
YARIM FINAL
Albert Ramos-Vinollas (Ispaniya, 3) – David Ferrer (Ispaniya, 1) – 7:5, 6:4
Fernando Verdasko (Ispaniya, 5) – Gastao Elias (Portugaliya) – 6:3, 6:1
BUGUN FINAL
Albert Ramos-Vinollas (Ispaniya, 3) – Fernando Verdasko (Ispaniya, 5)
Havola :
Fikrlar