So’nggi yangiliklar

19:10Енгил атлетикада яна бир Жаҳон рекорди ўрнатилди 0 18:48"Ҳумо" Сергей Шиковни яна жамоага қайтарди 0 18:25Шоҳжаҳон Эргашев кейинги ҳафтада бўладиган жанги учун вазн ташлашни бошлаб юборди (ФОТО) 0 18:01"Ливерпуль" футболчиси кейинги йил "Реал"га ўтади 0 17:39Хамзат Чимаев ҳамюртимиз қўл остида машғулотларга киришди (Фото) 0 17:17Парижда Олимпиада ўйинларининг очилиш маросими олдидан 44 мингта панжара ўрнатилди 0 16:55Конор Чендлер билан жанг ҳақида: "Қайтишимни йил охирига қолдиришди" 0 16:33"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи 0 16:10Макгрегор: "Уни Грузиясига қайтариб юбораман" 0 15:48Мунира Абдуллаева бочча бўйича халқаро мусобақада совриндор бўлган илк пара спортчига айланди! 0 15:25"У мени майдалаб ташлашга ҳам тайёр эди". Анкалаев Нганну билан спарринг ҳақида гапирди 0 15:03Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар: ТОП-10да "Реал" ва "Барса"дан 9 нафар футболчи бор 0 14:41Тайсон нима учун Пол билан жангга рози бўлганини айтди 0 14:20Конор Макгрегор Ламин Ямалнинг Евро-2024даги иштироки ҳақида гапирди 0 13:59Хамзат нима учун АҚШдаги турнирларда жанг қилмаётганлигини айтди 0

14 iyu 21:02
Yangiliklar

Futbol

Bozordagi o'zgarishlar: A Seriya katta transferlari

Teglar :  A SeriyaItaliya
Italiya chempionati etakchilari yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rmoqda?

Pol Pogba "Yuventus"

Pogbaning "MYU"dan ketishi ancha kech bo'lsa-da, lekin sodir bo'ldi. Natijada, franciyalik yarim himoyachi chinakam o'ynagan jamoasiga qaytmoqda. U bir paytlar Markizio, Vidal va Pirlo bilan maydon markazida ajoyib kvartet tashkil etgandi. Endi esa "Yuventus" Pogbani tizim uchun muhim futbolchi sifatida ko'rmoqda. Aslini olganda, "keksa sinora" qanchalik urinmasin, uning o'rnini bosadigan o'yinchini topa olmadi. Ortga nazar tashlasak, Pogbaning "MYU"ga o'tishi hech kimga naf keltirmaganiga guvoh bo'lamiz. Biroq Pol endi yana Turinda, jamoa rulida esa futbolchining o'sishiga haqiqiy turtki bo'la olgan Allegri! Agar jarohat va og'liqlar francuzni chetlab o'tsa, ushbu juftlik ko'p ishlarga qodirdek ko'rinyapti.

SHuningdek, "Yuventus" erkin agent sifatida Anxel Di Mariyani klubga taklif qildi. U 34 yosh bo'lishiga qaramay, jamoa etakchilaridan biri bo'lishi hamda Dushan Vlaxovichga ajoyib yordamchi bo'lishi aniq.


Romelu Lukaku "Inter"

Yana bir qaytish, lekin bu gal oradan bir yil o'tib. A Seriya 2020/21 yilgi mavsumining eng yaxshi o'yinchisi Londonda bo'lishiga qaramay, Italiyani qo'msab yashadi va gol urishdan ko'ra, bahsli intervyulari ko'proq bo'ldi, chamasi. SHu sababli ham, "CHelsi" ijaraga berib bo'lsa-da, undan qutilganidan juda xursand. "Inter"ga kelsak, klub o'ziga kuchli forvard maqomi va tiffozi mehrini qaytarishga urinib ko'radigan o'yinchiga ega bo'ladi. Jeko juda foydali bo'lsa-da, Lukakuning o'rnini bosa olmadi. Endi Lautaro-Lukaku juftligi "Inter" raqiblariga haqiqiy "bosh og'riq" bo'lishi turgan gap. Albatta, agar Romelu Indzagining talablarini bajarishdan bosh tortmasa, lekin reja bo'yicha u yanada kuchliroq bo'lishi mumkin. Sababi, Indzagi futboli Kontenikiga qaraganda, ancha ochiqroq.

SHunindek: "Inter" bozorda ancha faol. Aslani ("Empoli"), Bellanova ("Kalyari") va Mxitaryan ("Roma") kabi o'yinchilar ham faoliyatini milanliklar safida davom ettiradi. Onana ("Ayaks") ham jamoaga etib kelib bo'ldi.


Divok Origi "Milan"

"Rossoneri" oxirgi vaqtlarda "Liverpul" safida juda kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan, zaxiradan tushib, o'yinni kuchaytira oladigan ajoyib hujumchini qo'lga kiritdi. Ammo u endigina 27 yoshda va u uchun hali hammasi oldinda. To'g'ri, Origi hech qachon goleador hujumchi hisoblanmagan va chempionatda 10dan ortiq gol urmagan. Biroq u "Milan" o'yinini kuchaytira oladi. Piolining hujum chizig'idagi imkoniyatlari kengaydi. Endi Piolining nafaqat hujum qanotida, balki markazida ham imkoniyatlari kengroq bo'ladi. Demak, Jiruga ham ko'proq dam beriladi. Buning ustiga, belgiyalik "Milan"ga erkin agent sifatida o'tadi, bu esa bosimni jiddiy ravishda kamaytiradi.

SHuningdek: "Milan" Florenci va Messiasni sotib oldi, ammo yana yangi o'yinchilar bo'lishi ham malum.


Xvicha Kvaracxeliya "Napoli"

"Napoli"ning oldida mushkul vazifa turibdi, sababi klub etakchisi va sardori Lorenso Insinening ketishi jamoaga tasir qilmay qolmaydi. Mertens bilan bog'liq vaziyat esa unchalik aniqmas. Gruziyalik vinger haqida gapiradigan bo'lsak, u o'tgan yili Neapolga kelishi mumkin edi, biroq o'sha payt "Rubin"ning talablari ancha katta bo'ldi. Lekin Xvicha endi Evropaning ko'plab klublari bejizga unga qiziqmaganini isbotlashga tayyor. A Seriyada o'zini ko'rsatishi uchun imkoniyati etarli, ammo bu birdaniga sodir bo'lmaydi. Balki uning o'yin uslubi va bazi funkcional muammolarini hisobga olsak, moslashishi uchun biroz vaqt kerak bo'ladi. Ammo "Napoli"da buni tushunishadi va iqtidorli futbolchining istiqboliga ishonib, bu borada unga yordam berishga tayyor turishibdi.

SHuningdek: "Napoli" "Xetafe"dan umidli himoyachi Mattias Oliveyrani o'z safida o'ynashga taklif qildi. U haqida keyinroq batafsil gaplashamiz.


Nemanya Matich "Roma"

Joze Mourino istalgan payt o'zi suyanishi mumkin bo'lgan "MYU"ning birorta futbolchisini Rimga olib kelishlarini talab qildi. So'nggi vaqtlar Matich "qizil iblislar"ning asosiy futbolchisi bo'lmay qoldi va bu holat "Roma"ga juda qo'l keldi. Serbiyalik yarim himoyachi 33 yosh bo'lishiga qaramay, juda mehnatkash o'yinchi. A Seriya esa APL futboli kabi tezkor emas. SHunday ekan, futbolchi o'z zimmasidagi vazifalarni bajarishi ancha oson bo'ladi. Nihoyat, "Roma" tayanch zonasi sof "raqib hujumlarini buzuvchi" o'yinchiga ega bo'ldi va u klubning kreativ yarim himoyachilari erkinroq nafas olishiga zamin yaratadi. Bundan tashqari, rimliklar Matich uchun pul ham to'lashmadi. Futbolchining "MYU" bilan shartnomasi shu yozda yakuniga etdi va bu jihat uni taklif qilish uchun muhim omillardan biri bo'ldi desak, adashmaymiz.

SHuningdek: "Lill"dan umidli o'ng qanot himoyachi Zeki CHelik ham Rimga keldi. U himoya qanotida Rik Karsdorp bilan raqobat qilishi kutilmoqda.


Luka Yovich "Fiorentina"

"Fialkalar" Vlaxovichga o'rinbosar izlashda davom etishmoqda. Kabral va Pyontek o'zlarini yomon namoyon qilishmadi, lekin "vazifa bajarildi" deydigan darajada etarli o'yin ko'rsata olishmadi. Polshalik "Gerta"ga qaytadi, "Real"dan esa Vlaxovichning Serbiyadagi sherigi "fialkalar"ga kelib qo'shiladi. Afsuski, Ispaniyada uning iqtidori ko'rinmadi. Yovich sovrinlar qo'lga kiritgan bo'lsa-da, u erda vaqtini shunchaki boy berdi. Endi esa katta futbolga qaytishi va u nega Evropaning eng iqtidorli forvardlaridan biri sanalganini ko'rsatib qo'yishi kerak. Xo'sh, u buning uddasidan chiqib, yuqori darajasiga qayta oladimi? Florenciyada bu uchun etarlicha sharoit bor. SHunday ekan, uni kuzatish maroqli bo'ladi. Forvardlar bilan til topishishda Italyano ustasifarang. So'zimiz isboti sifatida kuni-kecha o'rtoqlik uchrashuvida Luka Yovich "Fiorentina" safida 4ta gol urishga erishganini keltirish etarli bo'lsa kerak.

SHuningdek: "Yuventus"dan iqtidorli Mondragorani safiga qo'shib oldi. Darvozabon poziciyasini kuchaytirish maqsadida esa "Atalanta"dan Gollini sotib olish huquqi bilan ijaraga olindi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing