01 jan 09:22
Yangiliklar
Tennis

Brisben turniri boshlandi, Istomin ertaga kortga chiqadi
Avstraliyaning Brisben shahrida 2018-yilgi mavsumning ilk turniri start oldi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ham aynan ushbu turnirda o'z imkoniyatini sinvodan o'tkazadi. Brisbendagi turnirning mukofot jamg'armasi 469,910 AQSH dollarini tashkil qiladi.
Hamyurtimiz ertaga, 2 yanvar kuni ilk davra uchrashuvida kortga chiqadi. Uning raqibi musobaqada ettinchi raqam ostida saralangan bosniyalik Damir Jumxur bo'ladi.
Malumot uchun, tennischilar shu kungacha ikki bor to'qnash kelishgan. Ushbu o'yinlarning har ikkisida ham Jumxurning qo'li baland kelgan. 25 yoshli bosniyalik tennischi dunyo reytingida 30-o'rinni egallab turibdi. 31 yoshli hamyurtimiz esa 63-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar