14 okt 12:49
Yangiliklar
Tennis
Britaniyalik tennischiga setni boy berishi uchun 2000 dollar taklif qilishgan ekan
Britaniyalik tennischi Oliver Golding 4 yil avval unga setni boy berish uchun 2000 dollar taklif qilishganini gapirib berdi.
Greciyadagi ITF toifasidagi turnirda mezbon tennischi Aleksandros Yakupovich britaniyalikka birinchi setni boy berishi uchun 2000 dollar taklif qilgan ekan.
O'shanda Golding noqonuniy o'yinlarga qarshi kurashuvchi Tennis Integrity Unit tashkilotiga bu haqda xabar bergan va Yakupovich umrbod tennisdan chetlatilgandi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar