So’nggi yangiliklar

19:41"Бундай ҳолатлар бизнесга фойда келтирмайди". Дана Уайт Нурмагомедовнинг Двалишвилига ҳужуми ҳақида гапирди 0 18:53"Ман Сити"га нисбатан санкциялар тўғрисидаги қарор қачон эълон қилиниши маълум бўлди 0 18:00Двалишвили: "Мен Доғистонни яхши кўраман, хеч кимга нисбатан айблов қўйилишини истамайман" 0 17:05UFC 334 турнири иштирокчиларнинг тўлиқ карди ва жангчилар рўйхати 0 16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0 13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0

05 okt 18:55
Yangiliklar

Qiziqarli!

Bu qiziq! 29 bor Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan o'zbek polvoni haqida eshitganmisiz?

Faxriddin Axnazarov Samarqand viloyati Paxtachi tumanining Forish qishlog'ida duradgor oilasida 11 farzandning sakkizinchisi bo'lib dunyoga kelgan.

U tug'ilganida 6 kilogramu 200 gramm bo'lgan ekan. 12 yoshida akasi – "O'zbek yo'lbarsi" deb nom qozongan Bahrom Axnazarov izidan borib, cirk sanatiga qadam qo'ygan.

"Ginnes rekordlariga kirishim shunday boshlangan edi. Tinch okeani mintaqasidagi davlatlar bo'ylab gastrolga chiqdik. Maykl (guruh rahbari) juda havotirlandi. CHunki chiptalarimiz qimmat edi. SHunda men Mayklga bir taklif berdim: "CHiqishlarimizdan bir oy oldin reklamamiz uchun yo'lovchi samolyotni malum masofagacha tortib boraman. Hali bu tryukni dunyoning hech bir polvoni bajargan emas. Gazetalar bu haqida yozadi va biz bepul reklama uyushtiramiz", – dedim. Maykl ishonib-ishonmay taklifimga rozi bo'ldi. Men shu tariqa Gonkongda birinchi rekordimni o'rnatdim.

Rekordlarim orasida Birlashgan Arab Amirliklarida ko'rsatgan tryukimdan o'zim ham faxrlanaman. O'shanda har biri 7 tonna keladigan AQSH harbiy yuk mashinalarini tishimda tortgan edim", – deydi Faxriddin Axnazarov Rossiyaning "Fakt" saytiga bergan intervyusida.

29 marta Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan Faxriddin qo'llarining kafti bilan taxtaga yuzlab mixni qoqadi, tishida 150 kilogramlik yukni bemalol ko'taradi, 16 yo'lovchisi bor avtomobilni bir qo'li bilan hech bir qiyinchiliksiz malum masofagacha tortib bora oladi.

Bolalikdagi kumiri – Gollivudning mashhur aktyorlaridan biri Arnold SHvarcneggerning Faxriddin Axnazarov chiqishlarini ko'rish uchun farzandlari bilan birga tomoshaga kelishi, shuningdek, AQSHning 42-prezidenti Bill Klinton, Angliya qirolichasi Elizaveta II larning o'zbek polvoni shou-dasturiga tashrif buyurishi, "Oskar" taqdimotida chiqish qilgani, jahon kino sanati namoyondasi Jeki CHanning birga filmga tushish taklifini bildirishi...

Bu kabi muvaffaqiyatlar dong'i dunyoga taralgan polvonni aslo havolantirmagan. U hamon o'zini dunyo miqyosida tasavvurga sig'mas natijalarga erishgan muzaffar inson emas, farzandlari uchun jonkuyar ota, rafiqasi uchun vafodor umr yo'ldosh, uni tarbiyalab voyaga etkazgan ota-onasining yuzini erga qaratmagan qobil farzand deb biladi. Oilaning katta farzandi Bahrom Axnazarov bilan boshlangan polvonlar sulolasining cirk sanatidagi faoliyatini Qahramon, Ozod, Navro'z, Kamol, Mo'minjon, SHohrux va Ulug'bek Axnazarovlar davom ettirmoqda.

Har davrning o'z qahramoni, har davraning o'z lideri bo'ladi. O'zbek mumtoz sport turini jahon cirk arenasiga olib chiqib, millatlararo tanitgan, zamonaviy cirk shoulari bilan uyg'unlashtira olgan Axnazarovlar tom manoda millatimiz sharafidir.


Habib Jo'raboev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing