So’nggi yangiliklar

19:23Арбелоанинг муваффақият сири: Гвардиола, Моуриньо ва Симеоне устидан ғалабалар ҳақида 0 19:02Дана Уайт: "Бу ахлат билан шуғулланадиган бошқа одамлар бор, мен эмас!" 0 18:41"Абсурд" — Ренато Мойкано Евлоев - Мёрфи жанги натижасини танқид қилди 0 18:20"Қайтиш истагим йўқ эди". Фьюри Маҳмудов билан бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 17:59"МЮ чемпионлик учун курашарди!" — Майкл Оуэн Кэррикнинг ишига юқори баҳо берди 0 17:38Евлоев Волкановскига жавоб берди: "Сени енгиш учун менга кураш керак эмас!" 0 17:17Холлоуэй Макгрегор билан иккинчи жангни хоҳламоқда 0 16:56Лерон Мёрфи Диего Лопесга "вызов" ташлади 0 16:35"Бир вақтнинг ўзида "Атлетико"ни ҳам бошқараман!" — Клопп "Реал" ҳақидаги миш-мишларга кескин жавоб берди 0 16:14Алекс Волкановски Евлоевга қарши эҳтимолий жанг муддатини айтди 0 15:53Жон Жонс: "Россия янги ўғил асраб олди" 0 15:32Дана Уайт Жон Жонснинг янги баёнотига кескин жавоб қайтарди 0 15:11Гвардиола Европанинг энг кучли уч жамоасини айтди: "Арсенал" ҳам рўйхатда! 0 14:5019 ёшли аёл боксчи нокаутдан сўнг сунъий комага ўтказилди 0 14:29Мовсар Евлоев Волкановски билан UFC чемпионлик жанги учун қачон тайёр бўлишини айтди 0

06 may 15:18
Yangiliklar

Engil atletika, Boshqalar, Qiziqarli!

Bu qiziq! 61 yoshli fermer supermarafonda qanday qilib g'alaba qozongandi? U marafonda uxlab olish mumkinligini bilmagan (hayotiy hikoya)

Sidneydan Melburngacha bo'ladigan supermarafonning masofasi 864 kilometrni tashkil etadi.

Unda finishga etib borish uchun 5 kundan ortiq vaqt talab etiladi. Poygada asosan maxsus tayyorgarlikka ega bo'lgan jahon darajasidagi engil atletikachilar qatnashishadi. Ularning o'rtacha yoshi 30dan oshmaydi va yirik sport brendlari bilan hamkorlikka ega. Aynan o'sha brendlar shartnomasi bor ishtirokchilarga forma va krossovkalar taqdim etishadi. 

1983 yili marafon boshlanish kunida startda 61 yoshli Kliff Yang paydo bo'lganida ko'pchilik nima bo'layotganini tushunmay qoldi. Avvaliga barcha uni tomoshabin sifatida kelgan deb o'yladi. CHunki u barcha kabi sport formasida emas, ish kombinezoni va botinkalarda edi. Lekin Kliff ishtirokchi sifatida raqam olish uchun stol oldiga borganida barcha uni ishtirokchi ekanligini tushundi. 

Kliff 64-raqamni oldi va boshqa atletlar bilan birga start chizig'iga turdi. Marafonni yoritib borayotgan jurnalistlar undan kichik intervyu olishga qaror qildi va undan so'rashdi:

-Salom, siz bu erda nima qilyapsiz?

-Men Kliff Yangman. Biz Melburn yaqinidagi joyda qo'ylar boqamiz. 


-Haqiqatdan ham ushbu poygada ishtirok etmoqchimisiz?

-Ha.


-Sizda homiy bormi?

-Yo'q. 


-Unda siz marragacha etib bora olmaysiz. 

-Unday emas. Men buni uddalayman. Men fermada katta bo'lganman va bizning ot yoki mashinalar olishga imkonimiz yo'q edi. Men faqatgina to'rt yil oldin mashina sotib oldim. Ob-havo yomonlashganida men yaylovdan qo'ylarni haydagani borardim. Bizning 2000 akrda boqiladigan 2000 ta qo'yimiz bor edi. Bazida men qo'ylarni 2-3 kunda tutardim - bu oson emasdi. Lekin men ularni doimo tuta olardim. O'ylaymanki, ushbu poygada ham ishtirok eta olaman. Ahir u men uchun kerak bo'ladigan uch kundan shunchaki ikki kun ko'proq va besh kunni tashkil etadi. 


Marafon boshlangach professionallar Kliffni ortda qoldirib ketishadi. Bazi tomoshabinlar unga achinishar, bazilari esa xattoki to'g'ri start ololmagan qariyaning ustidan kulishardi. Ko'pchilik uning yo'lda o'lib qolishidan havotir oldi va uning haqqiga duo qilishdi. 

Belgilangan masofani bosib o'tish uchun 5 kun kerakligini, uning 18 soatini yugurish va 6 soatini uxlash bilan o'tkazish mumkinligini har bir sportchi bilardi. Kliff Yang esa bundan bexabar edi. 

Ikkinchi kunda odamlar Kliffning uxlamaganidan xabardor bo'lishdi. U kechasi bilan uxlamay Mittagong shaharchasigacha etib borgandi. Ammo shunda ham u boshqa engil atletikachilardan yaxshigina ortda qolardi. SHu tarzda u trassa chetidagi tomoshabinlar bilan salomlashgan holda yugurishda davom etdi. 


Tunlar o'tib u etakchilarga yaqinlashib qoldi. So'nggi tunda esa u jahon miqyosidagi atletlarni ortda qoldirib ketishga muvaffaq bo'ldi. So'nggi kun ertalab u barcha ishtirokchilardan oldinda edi. 

Kliff nafaqat 61 yoshida supermarafonni to'liq bosib o'tgan ishtirokchi bo'ldi, u musobaqa g'olibligini qo'lga kiritdi. U rekordni 9 soatga yangiladi va milliy qahramonga aylandi. U 864 kilometr masofani 5 kun, 15 soat va 4 daqiqada bosib o'tdi. 

Lekin u o'zi uchun atalgan 10 000 dollarni olishni istamadi. Umuman, u hattoki mukofot puli borligini ham bilmagan ekan. Qariya musobaqada pul uchun qatnashmaganligini aytdi va pullarni o'zidan keyin kelgan besh nafar sportchiga (2 000 dollardan) bo'lib berdi. O'ziga bir cent ham olmadi. SHundan so'ng butun Avstraliya uni yaxshi ko'rib qoldi. 

SHug'ullanib yurgan ko'plab sportchilar bunday masofani bosib o'tish uslublari, qancha vaqt yugurib, qancha vaqt dam olish kerakligini bilishardi. SHuningdek ular 61 yoshli Kliffning ushbu masofani bosib o'ta olmasliklariga ishonishardi. Kliff esa xattoki marafon vaqtida uxlab olish imkoni borligini ham bilmagan. Uning ongi, hayoli cheklovlardan holi edi. U shunchaki g'olib bo'lishni istadi: ko'z oldida yugurib ketayotgan qo'ylarni tasavvur qilib, ularni quvib etishga harakat qildi. 


Xorijiy saytlar materiallari asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing